» » Amerikalik ayol ichida 6500 dollar bo‘lgan krujkani bilmasdan do‘konga sovg‘a qilib yubordi

Amerikalik ayol ichida 6500 dollar bo‘lgan krujkani bilmasdan do‘konga sovg‘a qilib yubordi


Jorjiya shtatida yashovchi Lindsi Prayss ismli ayol o‘g‘lining 6500 dollar berkitilgan bolalar yo‘l krujkasini qaytarishga harakat qilmoqda, deb yozadi ForumDaily.

Ma’lum bo‘lishicha, uning 27 yoshli o‘g‘li mashina sotishidan tushgan 6,5 ming dollar pulni bolalik paytida foydalangan “Mikki Maus”li sevimli krujkasiga berkitib qo‘ygan.

Ayol uni bilmasdan Goodwill do‘koniga sovg‘a qilib yuborgan. O‘g‘li uning ichida pul berkitib qo‘yganligini aytgan. Xato qilganini tushungan ona darhol do‘konga qo‘ng‘iroq qilgan.

Kuzatuv kameralarida yozilgan bir necha soatlik videoni ko‘rgan menejerlar do‘kon ishchilari krujkani avval qutiga joylab, keyin savdo rastasiga qo‘yishganini aniqlagan. Taxminlarga ko‘ra, krujka allaqachon sotib yuborilgan.

“Agar uni qaytarishsa biz juda minnatdor bo‘lar edik. Iltimos, yaxshilik qilib, krujkani qaytarib bering”, — deydi ayol.

Ular ichida berkitilgan pullar bilan krujkani qaytargan odamga pul mukofoti va’da qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 89) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют