» » Rasman: “Zenit” futbolchisi PSJga o‘tdi

Rasman: “Zenit” futbolchisi PSJga o‘tdi


“Zenit” klubining argentinalik yarim himoyachisi Leandro Paredes PSJ klubi a’zosiga aylandi. Bu haqda parijliklar rasmiy sayti xabar berdi.

24 yoshli Paredes uchun PSJ 47 million yevro to‘ladi. Futbolchi Parij klubi bilan 2023-yilgacha shartnoma imzoladi. U yangi jamoasida 8-raqamda to‘p suradi.

Futbolchi “Zenit”ga o‘tgunga qadar “Roma”, “Empoli”, “Boka Xuniors” va “Kyevo” kabi klublarda o‘ynagan.

Leandro joriy mavsum “Zenit” safida 22 ta o‘yinda ishtirok etib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ma’lumot uchun, futbolchi Sankt-Peterburg klubi tarkibida umumiy hisobda 61 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 15 ta golga assistentlik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют