» » Farg‘onada 2007-yili tug‘ilgan qizga oradan 12 yil o‘tib tug‘ilganlik haqida guvohnoma berildi

Farg‘onada 2007-yili tug‘ilgan qizga oradan 12 yil o‘tib tug‘ilganlik haqida guvohnoma berildi


Farg‘onalik er-xotinning nikohi 17 yildan so‘ng qonuniy qayd etilib, ularning 12 yoshli qiziga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma berildi.

Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani “Yo‘ldoshobod” mahalla fuqarolar yig‘ini Ulug‘bek ko‘chasida yashovchi fuqarolar Rustam Shokirov va Sayohat Ahmatovalar 2002-yildan buyon shar’iy nikoh asosida yashab kelgan. Qo‘shtepa tumani FHDYo bo‘limi mudirasi Oydinxon Karimovaning ma’lum qilishicha, ularning nikohini qonuniy asosda qayd etishga Tojikiston fuqarosi bo‘lgan Sayohat Ahmatovaning muddati o‘tgan pasporti monelik qilgan. O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolarining chegaradan o‘tish tartibi yengillashtirilib, ikki davlat o‘rtasida yangi o‘tkazish punktlari ochilgach, Sayohat Ahmatova hujjatlaridagi kamchiliklarni bartaraf etgan.

Shundan so‘ng, Qo‘shtepa tumani FHDYo bo‘limi tomonidan 2019-yil 5-yanvar kuni ularning nikohi qonuniy qayd etilib, nikoh tuzilganligi haqida guvohnoma berilgan.

Oilaning 2007-yil 3-sentabrda tug‘ilgan qizi Nabiyeva Sabrina Rustam qiziga otalik belgilanib, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma rasmiylashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют