» » O‘zbekiston uzoq yillik tanaffusdan so‘ng Tojikiston shimoliga elektr energiyasi yetkazib berishni tikladi

O‘zbekiston uzoq yillik tanaffusdan so‘ng Tojikiston shimoliga elektr energiyasi yetkazib berishni tikladi


Konibodom shahri, Spitamen tumani va So‘g‘d viloyatining chegaradosh aholi punktlari O‘zbekistondan sutkasiga 3 million kilovatt-soat elektr energiyasi olmoqda. Bu haqda Tojikiston energetika va suv resurslari vaziri Usmonali Usmonzoda ma’lum qildi, deya xabar beradi Asia-Plus.

“O‘z navbatida, qishki sovuqlar kirib kelishi bilan O‘zbekiston janubiga sutkasiga 17 million kilovatt-soat elektr energiyasi yetkazib beryapmiz”, — ta’kidladi Usmonali Usmonzoda

Vazirga ko‘ra, joriy yil aprelidan oktyabr oyiga qadar Tojikiston O‘zbekiston janubiga 2 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi eksport qilishni rejalashtirmoqda. Bu o‘tgan yilga nisbatan 800 million kilovatt-soatga ko‘p.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2019, 16:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют