» » Toshkentda doimiy propiska qilish tartibida ozgarishlar bolishi mumkin

Toshkentda doimiy propiska qilish tartibida ozgarishlar bolishi mumkin


Ozbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Ozbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibi togrisidagi yoriqnomaga ozgartirish va qoshimchalar kiritish haqidagi buyruq loyihasi muhokamaga qoyildi.Bu haqda OzA xabar bermoqda.

Ushbu hujjat loyihasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tayyorlangan.

Mazkur hujjat bilan IIVning 2012-yil 1-maydagi 71-son buyrugi bilan tasdiqlangan Ozbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibi togrisidagi yoriqnomaga ozgartirish va qoshimchalar kiritish nazarda tutilgan.

Hujjat loyihasida doimiy propiskaga ega bolish uchun fuqarolar davlat xizmatlari korsatishning soddalashtirilgan tartibini taminlaydigan elektron tizim orqali murojaat qilishi mumkinligi qayd etilgan.

Loyihada fuqarolar qonun hujjatlariga muvofiq, doimiy yashash joylarida propiskadan otishi va yoki turgan joylarida hisobda turishi shartligi korsatilgan.

Shuningdek, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bolsa, turgan joyi boyicha hisobga olinmaganligi yoki doimiy propiskada turmaganligi fuqaroga xizmat korsatishni rad etish uchun asos deb hisoblanishi mumkin emas.

Fuqarolar yangi yashash joyiga kelgan kunlaridan boshlab besh kun ichida doimiy propiskada turish yoki hisobga qoyish uchun hujjatlar taqdim etishi shart.

16 yoshga tolmagan shaxslarni doimiy propiska qilish va hisobga olish ularning ota-onalari yoki ularni ornini bosuvchi shaxslarning xohishiga kora ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi.

Buyruqqa bir nechta yangi bandlarni qoshish taklif etilgan.Masalan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni royxatdan chiqarish mahkumning ishonchnomasi asosida yoki uy-joy binosidan foydalanish huquqini yoqotganlik haqidagi sud qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

Turar joy mulkdori oz oila azolarini va boshqa shaxslarni propiskadan otkazish huquqiga ega.

Bir nechta uyga yoki kvartiraga ega bolgan mulkdor ulardan faqat bittasigagina doimiy propiskadan otishi mumkin.

Harbiy xizmatga majbur shaxslarni propiska qilish ular mudofaa ishlari boyicha bolimlarda harbiy hisobga qoyilganlaridan keyin amalga oshiriladi. 16 yoshdan 45 yoshgacha bolgan fuqarolar harbiy hisobga qoyilishi kerak.

Chegara zonasida joylashgan aholi punktlarida doimiy propiskaga ega bolish va turgan joyi boyicha hisobda turish uchun ushbu zonaga kirishga yashash joyi boyicha ichki ishlar organlaridan chegara zonasiga kirishdan oldin belgilangan tartibda olingan ruxsatnoma ham taqdim etiladi, deyiladi buyruq loyihasida.

Bundan tashqari, fuqaroni propiska qilish, propiskadan chiqarish va hisobga olish belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma asosida ham amalga oshirilishi mumkinligi keltirib otilgan.

Hujjat loyihasi shu yilning 13-fevraligacha muhokamagaqoyilgan.



Manba: Daryo.uz
: admin (30-01-2019, 21:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 15) ( 0) ( 14) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -