» » Kshishtof Pyontek: “Bu hali boshlanishi, xolos”

Kshishtof Pyontek: “Bu hali boshlanishi, xolos”


“Milan” hujumchisi Kshishtof Pyontek 29-yanvar kuni Italiya Kubogining 1/4 finali doirasidagi “Napoli”ga qarshi kechgan o‘yin haqida fikr bildirdi (2:0).

Yaqindagina “Jenoa”dan “Milan”ga o‘tgan futbolchi mazkur uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushib, dublga erishdi.

“Men aynan shunday o‘yin kutgandim. Allaqachon tayyorligimni aytganman. Dublga ham erishdim. Bu hali boshlanishi, xolos.

Ikkala gol ham ajoyib chiqdi, ammo ular har xil vaziyatlarda urildi. O‘yindan avval Diyego Laksalt va Fabio Borini bilan gaplashdim. Men ulardan to‘pni raqib darvozasiga yaqin hududlarga uzatishlarini so‘radim. Shunday o‘ynashni afzal ko‘raman.

Ikkinchi gol urilganda Kulibalidan o‘tib ketishga biroz qiynaldim, biroq hammasi yaxshi bo‘ldi. Allaqachon “Roma” bilan kechadigan navbatdagi o‘yin haqida o‘ylayapman. Ushbu o‘yinning natijasi yanada a’lo bo‘ladi, deb umid qilaman. O‘zimni juda yaxshi his qildim. “San-Siro”da o‘ynash maroqli,” — deb ta’kidladi Pyontek.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют