» » Kvokka bolasi tasvirga olindi. Bu fan uchun muhim ahamiyatga ega

Kvokka bolasi tasvirga olindi. Bu fan uchun muhim ahamiyatga ega


Butunjahon yovvoyi tabiat jamg‘armasi xodimlari o‘rmonda sayr qilib yurgan kvokka — kalta dumli kenguru bolasini tasvirga olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu fan uchun muhim ahamiyat kasb etib, kvokkalarning qirilib ketish xavfi yo‘qligini bildiradi. Bu haqda Meduza ma’lum qildi.

Kvokkalar populyatsiyasi 2015-yilda Avstraliyaning Nortkliff shahri atrofida yuz bergan kuchli o‘rmon yong‘inlaridan jabr ko‘rgan edi. 2016-yilda jamg‘arma yong‘indan omon qolgan atigi 39 ta kvokkani aniqlagan edi.

Olib borilgan kuzatuvlarning ko‘rsatishicha, kvokka populyatsiyasi qayta tiklanmoqda. Jamg‘arma vakillarining so‘zlariga ko‘ra, jonivorlar yaxshi sharoitda yashamoqda, biroq ularning to‘liq tiklanishi uchun hali ko‘p vaqt kerak bo‘ladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-03-2017, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют