» » “Barselona” 19 yoshli Todiboni o‘z safiga qo‘shib oldi

“Barselona” 19 yoshli Todiboni o‘z safiga qo‘shib oldi


“Tuluza” himoyachisi Jan-Kler Todibo “Barselona” klubiga o‘tdi. Bu haqda Kataloniya klubi rasmiy saytida xabar berildi.

19 yoshli futbolchi kataloniyaliklar bilan 4,5 yilga mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. U “Barselona” tarkibida 6-raqamda to‘p suradi.

Futbolchining “Tuluza” klubi bilan tuzgan shartnomasi mavsum oxirida tugardi, shundan so‘nggina u “ko‘k-anor ranglilar” safiga kelib qo‘shilishi lozim edi. Ammo tomonlar qishki transferlar vaqtida bu kelishuvni amalga oshirishni ma’qul ko‘rdi.

Fransiya klubi Todibo bilan yangi shartnoma tuzishdan bosh tortgani bois, o‘yinchi 2018-yilning 3-noyabridan buyon tarkibda o‘ynamadi.

Ma’lumot uchun himoyachi joriy mavsumda Fransiya chempionati doirasida 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют