» » Rossiya Yevropa kengashidan to‘lagan badallarini qaytarishni talab qildi

Rossiya Yevropa kengashidan to‘lagan badallarini qaytarishni talab qildi


Moskva Rossiya delegatsiyasi Yevropa kengashi Parlament assambleyasi ishida qatnashmagan 3 yil uchun to‘langan mablag‘larni qaytarib olishi lozim. Bu haqda Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.

“Biz bu yuzasidan muzokaralarni boshlash va masalani ko‘ndalang qo‘yish niyatidamiz. Gap katta mablag‘lar haqida ketmoqda, mamlakat uchun ular ortiqchalik qilmaydi”, — ta’kidladi Davlat dumasi deputati.

Volodinga ko‘ra, 2014-yilda, Qrim Rossiyaga qo‘shib olinganidan so‘ng mamlakat delagatsiyasi Yevropa kengashi Parlament assambleyasida ovoz berish huquqidan mahrum etilgan. Moskva 2014-yildan 2016-yilgacha bu tashkilotga to‘liq, 2017-yilda esa summaning uchdan biri miqdorida badal to‘lab kelgan.

Ma’lumot uchun, Yevropa kengashi budjetining eng yirik to‘lovchilaridan hisoblangan Rossiya tashkilotga har yili 32,5 million yevrodan pul o‘tkazib kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют