» » O‘zbekistonlik Rio—2016 Olimpiadasi chempioni professional boksga o‘tmoqda

O‘zbekistonlik Rio—2016 Olimpiadasi chempioni professional boksga o‘tmoqda


Boks bo‘yicha 52 kg vazn toifasida Rio—2016 olimpiadasi chempioni Shahobiddin Zoirov faoliyatini professional boksda davom ettiradi, deb xabar beradi GoSport.

Manbada yozilishicha, Zoirov Ispaniyaning mashhur promouterlik kompaniyalaridan biri MTK Global bilan kelishuvga erishgan. Hozircha shartnoma shartlari ma’lum emas.

Shahobiddin Zoirovning professional boksdagi faoliyatini boshlashi uchun Ispaniyada ishlash huquqini beruvchi vizaga ega bo‘lishi lozim bo‘ladi. Bu esa ma’lum vaqt talab qiladi. Zoirov mazkur vizaga ega bo‘lgach, Ispaniyaga jo‘nab ketishi kutilmoqda.

Zoirovdan tashqari Rio olimpiadasining yana bir ishtirokchisi Xurshid Tojiboyev (-60 kg) ham mazkur promouterlik kompaniyasi bilan muzokara olib bormoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2019, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют