» » O‘zbekiston poyezdlari dunyoning eng tezyurar poyezdlari reytingidan joy oldi

O‘zbekiston poyezdlari dunyoning eng tezyurar poyezdlari reytingidan joy oldi


O‘zbekiston eng tezyurar poyezdlarga ega bo‘lgan mamlakatlar reytingidan o‘rin oldi, deb xabar qilmoqda Sputnik GoEuro nashriga tayanib.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Global High-Speed Train reytingida O‘zbekiston Norvegiya, AQSh, Finlyandiyadan ham oldinga o‘tib 17-qatordan joy oldi.

Reytingni tuzishda poyezdlarning eng katta tezligi, operatsion tezligi, mamlakatning temir yo‘llar tarmog‘i uzunligi  hamda aholining 1 km yo‘lga qiladigan xarajati kabi ko‘rsatkichlar hisobga olingan.

Reytingning eng yuqori qatoridan Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoy o‘rin olgan. Rossiya 15-qatorda joylashgan.

Nashrda yozilishiga ko‘ra O‘zbekiston poyezdlarining eng katta tezligi 255 km/soatni tashkil qiladi. Operatsion tezlik esa 250 km/soatni tashkil qiladi. O‘zbekiston temiryo‘l infratuzilmasida tezyurar poyezdlar ulushi 8,21 %ni tashkil qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют