» » Bo‘lg‘usi onalar uchun to‘g‘ri ovqatlanish qoidalari

Bo‘lg‘usi onalar uchun to‘g‘ri ovqatlanish qoidalari


Bola sog‘lom va baquvvat tug‘ilishi uchun homiladorlikning birinchi haftasidayoq ovqatlanishga jiddiy e’tibor qaratish lozim.

Parhezshunoslar quyidagi oziq-ovqat mahsulotlaridan tayyorlangan taomlar iste’mol qilishni tavsiya etishadi:

Go‘sht – mol go‘shti, yog‘siz qo‘y go‘shti, quyon, yurak, jigar, til. Tayyorlash usuli – qovurmasdan tayyorlanadi. Bir martalik miqdori – 100—150 g.

Parranda – kurka, tovuq, terisiz va yog‘larsiz. Bir martalik miqdori – 100—150 g.

Baliq, dengiz mahsulotlari – agar allergiya bezovta qilmasa 150 grammdan har kuni.

Sut mahsulotlari – sut, yog‘siz qatiq, tabiiy sutli yogurt, achchiq bo‘lmagan pishloq, yog‘liligi 9% gacha bo‘lgan tvorog.

Non – kepakli, kulrang, qora yoki maxsus nonchalar.

Meva va sabzavotlar – bir kunda hamma mevalardan 300 grammgacha yeyish mumkin.

Dukkaklilar – loviya, no‘xat, yasmiq (chechevitsa), soyalarni bemalol sabzavotlar bilan birga qo‘shib iste’mol qilishingiz mumkin.

Qo‘ziqorinlardan voz kechishga hech qanday sabab yo‘q.

Yong‘oqlar, pistalar – bir kunda 20 tadan ko‘p bo‘lmagan miqdorda yeyish mumkin.

Shirinliklar. Bir sutkada shirinliklardan 150—200 kkal kaloriyaga mo‘ljallab yeyishingiz mumkin.

Suyuqliklar. Agar shishlar bezovta qilmayotgan bo‘lsa, bir kunda 2 litr toza suv, mors, shakarsiz kompot iching. Bir sutkada 1 piyola yangi siqilgan sharbat ichishingiz mumkin.

Nima yeyish mumkin emas:

Fastfud va chipslar, kolbasa, konserva, dudlangan mahsulotlar, shuningdek hamma qovurilgan yeguliklar, gazlangan va paketdagi sharbatlar. Chuchvara, pitssa va qolgan hamma yarim fabrikatlar ham iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.

Опубликовано: admin (8-03-2017, 09:29)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют