» » Rasman: “Napoli” tarixidagi eng yaxshi to‘purar faoliyatini Xitoyda davom ettiradi

Rasman: “Napoli” tarixidagi eng yaxshi to‘purar faoliyatini Xitoyda davom ettiradi


“Napoli” klubi sardori Marek Hamshik karyerasini Xitoy klubida davom ettiradi, deb xabar berdi Sky Sports.

31 yoshli slovakiyalik futbolchi “Dalyan Ifan” klubi bilan 3 yilga mo‘ljallangan shartnoma imzolgan. U bu muddat davomida 27 million yevro ishlab topadi.

Hamshik Xitoyda yiliga 9 million yevro maoshdan tashqari bonus sifatida qo‘shimcha mablag‘ga ham ega bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Ushbu transferdan “Napoli” esa 15 million yevroga ega bo‘ladi. Joriy mavsumda Marek Hamshik 13 ta o‘yinda maydonga tushdi.

U 2007-yildan buyon “Napoli” sharafini himoya qilib keldi. Futbolchi “Napoli” tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2019, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют