» » Ohanrabo Xitoy. Uilfrid Zahaga 44 mln funtlik maosh taklif qilindi

Ohanrabo Xitoy. Uilfrid Zahaga 44 mln funtlik maosh taklif qilindi


“Kristal Pelas” hujumchisi Uilfrid Zahaga faoliyatini Xitoyda davom ettirishi taklif qilindi, deb yozadi Daily Mail.

Xitoyning “Dalyan Ifan” klubi futbolchiga 44 million funt (49 million yevro atrofida) ga teng 4 yillik shartnoma taklif qildi.

Joriy yil ivuarlik o‘yinchi “Kristal Pelas” bilan 2023-yilga qadar yangi shartnoma imzoladi. Uning haftalik maoshi 130 ming funtni tashkil etadi. Bu esa xitoyliklar taklif qilayotgan summadan 3 baravar kam. Bundan tashqari, Xitoy klubi futbolchining Angliyaga samolyotda 1-klassda borib-kelish xarajatlarini o‘z bo‘yniga oladi.

Ta’kidlanishicha, “Dalyan Ifan” klubi 26 yoshli futbolchiga yanvar oyida rasmiy taklif bilan chiqadi. Zaha 2002-yildan beri “Kristal Pelas” tizimida. Hujumchining klubdagi debyut o‘yini 2010-yilning 27-mart kuni “Kardiff Siti”ga qarshi kechgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-12-2018, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют