» » 2018-yilda vafot etgan fuqarolarga 177,9 million so‘m pensiya to‘langanligi aniqlandi

2018-yilda vafot etgan fuqarolarga 177,9 million so‘m pensiya to‘langanligi aniqlandi


Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan 2018-yil davomida o‘tkazgan monitoring ishlari natijasida bir qator qoidabuzarliklar aniqlangan, deya xabar beradi “O‘zA”.

Shundan 4 221 holatda Pensiya jamg‘armasi 2 776,5 million so‘mni ular bilan hamkorlikda ishlayotgan bank xodimlari belgilangan tartibga zid ravishda amalga oshirganligi aniqlangan.

Jumladan, 293 ta holatda 69,6 million so‘m bank xodimlari tomonidan o‘zlashtirilgan, 97 ta holatda 40,8 million so‘m to‘lov ro‘yxatlariga imzolar qalbakilashtirilgan, 293 ta holatda 177,9 million so‘m vafot etgan fuqarolarga to‘langan.

Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, bu boradagi boshqa holatlar ham o‘rganilgan.

Misol uchun 572 ta holatda 384,1 million so‘m ishonchnomasiz o‘zga fuqarolarga to‘langan.

651 nafar yotoqdagi fuqarolarning 398,6 million so‘m pensiya va nafaqa pullari uyiga olib borilmagan. 740,3 million so‘m hududdan ko‘chib ketgan fuqarolarga to‘langan.

Sakkizta holatda 9,1 million so‘m jazoni ijro etish muassasalarida bo‘lgan fuqarolarga, 745 ta holatda 2,7 million so‘m pensiya puliga turli xil buyumlar qo‘shib berilgan.

Ayni vaqtda monitoring ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют