» » Nursulton Nazarboyev Qozog‘istonda muddatidan oldin prezident saylovlari bo‘lmasligini ma’lum qildi

Nursulton Nazarboyev Qozog‘istonda muddatidan oldin prezident saylovlari bo‘lmasligini ma’lum qildi


Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev respublikada muddatidan oldin prezident saylovlari bo‘lmasligini ma’lum qildi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar berdi.

Bundan avval prezident Konstitsion kengashga murojaat bilan chiqqandi.

Nazarboyev so‘zlariga ko‘ra, bu masala uzoq muddat ko‘rib chiqilishi mumkin.

“Albatta, hammani saylov, tranzit va boshqa masalalar qiziqtiradi. Konstitutsiyani o‘qinglar, prezident haqida qonunlarni o‘qinglar. U yerda qachon saylov o‘tkazilishi, qachon muddat tugatilishi haqida hammasi aniq yozilgan. Ha, prezidentda muddatidan oldin saylovlarni e’lon qilish qonunan huquqi bor. Biroq bu bizga xavf tug‘dirmayapti. Kelinglar tinchlanamiz va normal ishlaymiz”, — dedi Nursulton Nazarboyev.

Video bayonot Facebook sahifada joylashtirilgan.

Заявление Президента Республики Казахстан Нурсултана Назарбаева по поводу обращения в Конституционный Совет

Заявление Президента Республики Казахстан Нурсултана Назарбаева по поводу обращения в Конституционный Совет

Geplaatst door AkordaPress op Dinsdag 5 februari 2019

Bundan avval Nursulton Nazarboyev Konstitutsiyaning 42-moddasi 3-bandi bo‘yicha tushuntirish berish haqida Konstitutsion kengashga murojaat qilgandi. Unda davlat rahbarining vakolatlarini tugatish shartlari bayon etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 86) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют