» » Niderlandiyalik siyosatchi islom dini haqida tanqidiy kitob yozgach, o‘zi islomni qabul qildi

Niderlandiyalik siyosatchi islom dini haqida tanqidiy kitob yozgach, o‘zi islomni qabul qildi


Niderlandiyaning “Ozodlik partiyasi” sobiq a’zosi Yoram van Klaveren islom dini haqidagi tanqidiy kitob ustida ishlash jarayonida qarashlari o‘zgarib, islomni qabul qildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.

“Agar siz Yagona Allohga va Muhammad (s.a.v.) Iso Masih kabi uning payg‘ambari bo‘lganiga ishonsangiz, u holda siz musulmonsiz”, — deb yozilgan van Klaveren asarida.

Siyosatchi ilgari antiislom qarashlariga asoslangan mashhur Gert Vildersning “Ozodlik partiyasi” a’zosi bo‘lib, 2014-yilda uni tark etgan. Van Klaveren o‘tmishda Islom tanqidchilaridan bo‘lib, bu dinni “yolg‘on” deb hisoblagan.

“Men Islomning salbiy imijini yaratish va uning saqlanib qolishi uchun harakat qilganman. Lekin, noto‘g‘ri tushunchalar, ularga o‘zing to‘qnash kelmaguningcha qanday ta’sir etishini bilmas ekansan”, — deydi van Klaveren.

Nashriyotning ta’kidlashicha, u Islomni qabul qilgan niderlandiyalik siyosatchilarning birinchisi emas. 2011-yilda niderlandiyalik yana bir siyosatchi Arno van Doorn ham “moliyaviy qoidabuzarlik” sababli “Ozodlik partiyasi” safidan chiqarilgandan so‘ng Islomni qabul qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют