» » Fotogalereya: Dunyoning turli nuqtalaridagi g‘aroyib ranglari jilosi

Fotogalereya: Dunyoning turli nuqtalaridagi g‘aroyib ranglari jilosi


Dunyo ranglarga to‘la. Ular tabiiy bo‘ladimi, sun’iy bo‘ladimi, atrof-muhit bilan hamohanglikda betakror manzaralar yaratishga qodir. Voyagerloin nashri dunyoning turli nuqtalaridagi ranglar jilosi aks etgan fotojamlanmani taqdim etdi.

Venetsiyada joylashgan daha rang-barang uylarga boy.

Dala bahor boshlanishi bilan gullagan kolzalar bilan qoplanadi.

Tik qoyalar yonbag‘rida qurilgan beshta qishloq yetib borish qiyin joylardan biri hisoblanadi.

Koloniyalashtirish davrida qurilgan plyaj kabinalari bir-birini takrorlamas 82 usulda bo‘yalgan.

45 million gulga ega bog‘ dunyodagi eng katta tabiiy gullar bog‘i hisoblanadi.

Bog‘ga mart oyidan may oyigacha tashrif buyurib, 32 gektar maydondagi 7 million lolaning go‘zalligidan bahra olish mumkin.

Grenlandiyaning janubi-sharqidagi kichik oroldagi barcha uylar yog‘ochdan qurilgan va tomlari yorqin ranglar bilan bo‘yalgan.

Lavanda Povansda XIV asrdan buyon yetishtiriladi. Binafsharang yo‘laklar bahorning oxirida o‘z g‘ozalligini namoyon qila boshlaydi.

Niderlandiya bir yilda yetishtiriladigan uch milliard lola bilan dunyoda birinchi o‘rinda turadi.

Ziyoratchilar eng ko‘p tashrif buyuradigan muqaddas joylardan biri bo‘lgan ibodatxonada nikoh marosimlari va ibodatlar bo‘lib o‘tadi.

Birinchi ingliz koloniyasi sifatida e‘tirof etilgan shahrning katta qismi tarixiy yodgorlik maqomiga ega.

Egey dengizida joylashgan oroldagi uylar oq, tomlar va gumbazlar esa ko‘k rangda. Orol quyosh botishini tomosha qilish uchun maqbul joy sifatida mashhur.

Daraxtlarning shoxlari butun yil davomida rang-barang chiroqlar jilosi bilan bezanib turadi.

Yetib borish juda qiyinligi sababli vodiy o‘zining tabiiy go‘zalligini saqlab turadi. Vodiyda gullarning 500 dan ortiq turi o‘sadi.

Meksikaning ranglarga boy shahri o‘zining kulolchiligi bilan mashhur. Shahar 1988-yilda YuNESKO ro‘yxatiga kiritilgan.

Ko‘lning yorqin pushti rangi fan tomonidan aniq tushuntirib berilmagan. Biroq ko‘lda qizil pigmentli bakteriya borligi taxmin qilinadi.

Hosil yig‘imidan oldin yashil sholizorlar sariq tusga kiradi.

Dunyoning ranglarga eng boy shaharlaridan biri kichik “San-Fransisko” deb ham ataladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (8-03-2017, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют