» » O‘zbekistonda banklar davlat ulushini qisman saqlab qolgan holda xususiylashtirila boshlaydi

O‘zbekistonda banklar davlat ulushini qisman saqlab qolgan holda xususiylashtirila boshlaydi


Bugun, 6-fevral kuni Xalqaro press klubning “O‘zbekistonda tadbirkorlik va bank sohasidagi yangi islohotlar: 2019-yilning muhim vazifalari, muammolarning ochiq tahlili va zamonaviy yechimlari” mavzusidagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova xabar berdi.

Ushbu sessiyada Markaziy bank, soliq qo‘mitasi, savdo-sanoat palatasi rahbariyati, Oliy Majlis qonunchilik palatasi vakillari, OAV xodimlari ishtirok etdi.

Sessiya davomida Markaziy bank boshqaruv raisi Mamarizo Nurmurodov O‘zbekiston Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida berilgan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha tizimda olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirar ekan, respublikadagi davlat tasarrufidagi banklarni xususiylashtirish ustuvor vazifa ekanligini ma’lum qildi.

“Banklarni xususiylashtirish juda oson. Lekin xususiylashtirish ertaga bizning oldimizga qo‘yilgan makroiqtisodiy jihatdan masalalarga xizmat qilishi kerak.

Xalqimizga sifatli xizmat ko‘rsatadigan tijorat banklari kerak. Asosiy maqsadimiz ham shu. Shu jihatdan xususiylashtirish jarayoni boshlanadi.

Fond bozoriga olib chiqding, sotding degani emas. Biz bank faoliyatiga tub ijobiy o‘zgarish bera oladigan strategik investorlarga bankimizni sotishni mo‘ljallaganmiz. Qanday tarzda? Bu juda sekin o‘tadi. Masalan, Ipoteka bank misolida oladigan bo‘lsak, hozir 20—30 million pulni kredit sifatida beryapti, ertaga shuni aksiyaga aylantiradi, va endi Ipoteka bankning qolgan aksiyalarini sotishni xalqaro moliya korporatsiyasi o‘zini ulushi bo‘lgani uchun kengroq miqyosda tashkil qilib beradi.

Keyingi bir yo‘nalishimiz bu davlat ulushi bo‘lgan banklar ulushini IPO orqali sotish. Bu bo‘yicha hozir bizning ‘Aloqabank’ va Asia Alliance bankimizni xuddi shu yo‘sinda xususiylashtirish niyatimiz bor.

Davlat ulushi yuqori bo‘lgan banklarning qo‘shimcha aksiyasini chiqarib, uni sotish orqali biz xususiy mulkni bakn kapitaliga kiritishni rejalashtirmoqdamiz.

Bularning asosida aholiga va tadbirkorlarga ko‘rsatiladigan bank xizmatlarini sifatini tubdan yaxshilash yotibdi, — deydi Markaziy bank boshqaruv raisi Mamarizo Nurmurodov.

Shuningdek, Markaziy bank boshqaruv raisining ma’lum qilishicha, O‘zbekistondagi barcha tijorat banklarining menejmentini o‘zgartirish ishlari boshlandi. Banklar boshqaruviga jahon andozalari bo‘yicha bilimga ega bo‘lgan mutaxassislarni chetdan jalb qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Qayd etilishicha, 14?—15-fevral kunlari Xalqaro moliya korporatsiyasi va Jahon banki xodimlaridan iborat katta delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyuradi hamda tizimda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 114) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют