» » Markaziy bank: Avtokredit biz uchun xatarli kredit, shu sabab banklarga talabni kuchaytirdik

Markaziy bank: Avtokredit biz uchun xatarli kredit, shu sabab banklarga talabni kuchaytirdik


Markaziy bank boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmurodov bugun, 6-fevral kuni bo‘lib o‘tgan Xalqaro press klub sessiyasida bank uchun qanday kreditlar xatarli hisoblanishi haqida ma’lumot berdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova xabar berdi.

“Xatari kuchli bo‘lgan kredit turlari mavjud. Masalan, avtomobil sotib olishga beriladigan kredit. Xudo ko‘rsatmasin, avtomobil avariya bo‘ldi, mashina garovga qo‘yilgan, u endi yo‘q. Shuning uchun, o‘rtadagi marja degan narsa kreditni qaytarish xatari bilan bog‘liq.

Endi kredit olgan odamga, kreditni tekinga bersangiz ham ‘Nega uyimga olib kelib bermading?’, deydi.

Banklar aholidan qabul qiladigan pul miqdori bevosita inflyatsiya bilan bog‘liq. Ya’ni kredit stavkasi inflyatsiya bilan hamohang yuradi. Tadbirkor kreditga kuysa, faqat o‘zi kuyadi. Agar bank bergan puliga kuysa, o‘zi bilan ko‘pchilikni kuydiradi. Chunki bank kredit sifatida o‘z pulini emas, balki xalq pulini beradi”, — deydi Nurmurodov.

Markaziy bank boshqaruv raisi mamlakatda avtokredit berish jarayoni sustlashganini quyidagicha izohladi:

“Avtokredit berishga to‘g‘ridan to‘g‘ri taqiq yo‘q. Biz avtokreditlar bo‘yicha xatar darajasini oshirdik, shuning uchun banklarga talablarni kuchaytirdik. Biz bu masalaga makroiqtisodiyot nuqtai nazaridan yondashishimiz kerak. Yangi avtomobillarni xarid qilish uchun kreditlash rivojlanayotgan paytda biz ikkilamchi bozorni o‘ldiramiz. Avtokreditlarni ommaviy ravishda berish va birlamchi bozorni rivojlantirish oqibatida biz ma’lum darajada, ikkilamchi bozorda past narxlar uchun shart-sharoitlar yaratamiz. Shunday qilib, bir yarim yil ichida avtomobil ancha arzonlashadi va kreditni qoplamaydi”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют