» » Farg‘onada “elita” spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini noqonuniy sotayotgan shoxobcha aniqlandi

Farg‘onada “elita” spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini noqonuniy sotayotgan shoxobcha aniqlandi


Farg‘ona viloyat soliq boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi aniqlandi. Bu haqda “Daryo”ga boshqarma matbuot xizmati ma’lum qildi.

Soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan Farg‘ona shahri markazidagi “Markaz” (nomi o‘zgartirilgan) nomli savdo shoxobchasida o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlanishicha, mazkur shoxobcha oziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan birgalikda mashhur alkogol mahsulotlarini tegishli kirim hujjatlari va aksiz markasiz o‘zining doimiy mijozlariga yetkazib kelgan. Jumladan, shishasi 600 ming so‘m bo‘lgan Macallan, o‘rtacha 300 ming so‘m bo‘lgan Jack Daniyel’s viskilari, Hennesy nomli konyak, Baileys nomli likyor kabi jahonga mashhur spirtli ichimliklar yoxud “Tigroff”, “Rossiyskaya korona”, “Neft”, “Belenkaya” kabi chet elda ishlab chiqarilgan aroqlar, Jaguar nomli energetik ichimlik, “Davidoff”, Esse kabi qimmat tamaki mahsulotlarini uchratish mumkin edi.

Tezkor tadbir yakunlariga ko‘ra, kirim hujjati va aksiz markasi bo‘lmagan 13 xil turdagi 113 dona qiymati qariyb 16 million so‘m bo‘lgan spirtlik ichimliklar hamda 17 xil turdagi 315 quti 5,5 million so‘mlik tamaki mahsulotlari savdoga qo‘yilganligi aniqlanib, jami 21,5 million so‘mlik tovar moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida vaqtincha saqlash uchun olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2019, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют