» » O‘zbekiston bo‘ylab 2 kunlik nazorat tadbirlarida 1,1 mlrd so‘mlik noqonuniy tovarlar savdosi fosh etildi

O‘zbekiston bo‘ylab 2 kunlik nazorat tadbirlarida 1,1 mlrd so‘mlik noqonuniy tovarlar savdosi fosh etildi


Davlat soliq qo‘mitasining Soliq sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan 2 kun davomida respublika bo‘yicha o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida noqonuniy savdo va mahsulotlar ishlab chiqarishga oid 36 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Ularda jami 1,1 milliard so‘mlik noqonuniy tovarlar fosh etildi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi xabar berdi.

Xususan, o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida Toshkent shahrida 4 holatda 597 mln. so‘mlik, Farg‘onada 1 holatda 60,6 mln. so‘mlik, Andijonda 6 holatda 50 mln. so‘mlik, Jizzaxda 1  holatda 10,1 mln. so‘mlik, Buxoroda 2 holatda 4,5 mln. so‘mlik, Samarqandda 2 holatda 4,6 mln. so‘mlik, Navoiyda 18 holatda 3,7 mln. so‘mlik, Toshkent viloyatida 3 holatda 2,1 mln. so‘mlik noqonuniy tovarlar aniqlandi.

Samarqand viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqaro T.Muhitdinovga tegishli umumiy qiymati 2,2 mln. so‘m va fuqaro N.Istatovga tegishli umumiy qiymati 2,4 mln. so‘m bo‘lgan tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi.

Xuddi shunday Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida fuqaro A.Kadirov hech qanday hujjatlarsiz Qo‘qon savdo majmuasida savdo faoliyati bilan shug‘ullanayotganligi aniqlanib, huquqbuzarning 60,6 mln. so‘mlik xorijda ishlab chiqarilgan tovarlari savdosiga nuqta qo‘yildi.

Shu bilan birga, Davlat soliq qo‘mitasi xodimlari tomonidan Toshkent shahridagi “Jomiy” savdo majmuasida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida fuqarolar A.Saidakbarov va O.Sultonovlar noqonuniy savdo faoliyati bilan shug‘ullanayotganligi ma’lum bo‘ldi. Huquqbuzarlarning jami 500,6 mln. so‘mlik noqonuniy tovarlari vaqtincha olib qo‘yildi.

“O‘rikzor” savdo majmuasidagi nazorat tadbirlarida esa noqonuniy savdo faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqarolar J.Ikromov va A.Xoliyevlarning jami 96,4 mln. so‘mlik tovarlari savdosiga chek qo‘yildi. Nazorat tadbirlari respublikamiz bo‘ylab davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-10-2018, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют