» » Komil Aripov: O‘zbekiston bundan uch yil avval ham Tojikistonga insonparvarlik yordami yo‘llagan edi

Komil Aripov: O‘zbekiston bundan uch yil avval ham Tojikistonga insonparvarlik yordami yo‘llagan edi


O‘zbekiston katta qor ko‘chkilaridan jabr ko‘rgan Tojikiston xalqiga 7-mart kuni insonparvarlik yordami yo‘lladi. “Jahon” axborot agentligi xabariga ko‘ra, 60 tonnadan ortiq gumanitar yuk O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vaziri birinchi o‘rinbosari Komil Aripov boshchiligidagi delegatsiya tomonidan yetkazilgan.

Insonparvarlik yordami Tojikiston poytaxti Dushanbega yetib kelganidan so‘ng, shu yerda ikki mamlakat rasmiylari ishtirokida jurnalistlar uchun qisqa brifing tashkil etilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston Tojikistonning qor ko‘chkilaridan jabrlangan aholisiga insonparvarlik yordamini jo‘natdi

Jurnalistlar oldida chiqish qilarkan, Komil Aripov O‘zbekiston tomoni bundan avval ham og‘ir damlarda qo‘shni mamlakatga yordam qo‘lini cho‘zganini ta’kidlab o‘tdi.

Xususan, uch yil avval O‘zbekiston qurilish materiallari, dori-darmon, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqalardan iborat katta yordam yukini Tojikistonga yetkazgan edi.

“Bu holat O‘zbekiston mintaqa bo‘yicha o‘z qo‘shnilariga yordam berishga har doim shay ekanini yana bir karra tasdiqlaydi”, — deya Komil Aripovning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda “Jahon” agentligi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (8-03-2017, 19:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют