» » Tojikiston o‘z vaqtida ko‘rsatilgan insonparvarlik yordami uchun O‘zbekistonga minnatdorchilik bildirdi

Tojikiston o‘z vaqtida ko‘rsatilgan insonparvarlik yordami uchun O‘zbekistonga minnatdorchilik bildirdi


O‘zbekiston katta qor ko‘chkilaridan jabr ko‘rgan Tojikiston xalqiga 7-mart kuni insonparvarlik yordami yo‘lladi. “Jahon” axborot agentligi xabariga ko‘ra, yordam yuklari Dushanbega yetib kelganidan so‘ng, ikki mamlakat rasmiylari ishtirokida jurnalistlar uchun qisqa brifing tashkil etilgan.

Brifingda so‘zga chiqqan Tojikiston Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Rustam Nazarzodaning ta’kidlashicha, Tojikiston rahbariyati mamlakatning tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan hududlariga yordam berishni so‘rab qator davlatlar va xalqaro tashkilotlarga murojaat qilgan.

Mavzuga doir: Komil Aripov: O‘zbekiston bundan uch yil avval ham Tojikistonga insonparvarlik yordami yo‘llagan edi

Nazarzodaning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston mazkur iltimosga birinchilardan bo‘lib javob berib, o‘z qo‘shnisiga yordam qo‘lini cho‘zdi.

Tojikiston hukumati nomidan o‘z vaqtida ko‘rsatilgan yordam uchun O‘zbekiston rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman. Insonparvarlik yordamining Tojikistonga o‘z vaqtida yetib kelishini ta’minlagan O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa idoralarining a’lo darajadagi faoliyati e’tiborga molik. Rahmat sizga, qadrli o‘zbekistonlik do‘stlar!

Rustam Nazarzoda, Tojikiston Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha qo‘mitasi raisi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (8-03-2017, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют