» » Samarqandlik tadbirkor o‘z mablag‘i hisobidan bog‘cha quradi

Samarqandlik tadbirkor o‘z mablag‘i hisobidan bog‘cha quradi


Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasida Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov tadbirkorlarning faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan muammolar yuzasidan murojaatlarini eshitdi, deb yozadi “Zarnews”.

Bu galgi uchrashuvda o‘ndan ortiq tadbirkor yer maydoni ajratish, xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi, mehmonxona qurish, tibbiy markaz tashkil etish kabi masalalarda murojaat qildi.

Jumladan, Samarqand tumani Pulimug‘ob mahallasida yashovchi Azamat Majidov shu mahallada xususiy maktabgacha ta’lim muassasasini qurish uchun yer maydoni ajratishda yordam so‘radi.

“Mahallamizda maktabgacha ta’lim muassasasi yo‘q, — deydi A.Majidov. — O‘z mablag‘im hisobidan hududda bog‘cha qurishni maqsad qilganman. Ammo qurilish uchun bo‘sh joy topilmadi. Faqatgina tuman xalq ta’limi bo‘limi hududida shunday joy bor ekan. Ushbu masalada tuman hokimligiga murojaat qilganimda ular yer maydoni xalq ta’limi bo‘limiga qarashli bo‘lganligi sababli qaror chiqarib berolmasligini bildirdi. Viloyat hokimining qabulida shu masala bo‘yicha murojaat qildim va muammom ijobiy hal etiladigan bo‘ldi”.

Uchrashuvda tadbirkorlar murojaati joyida hal etildi. Muammoli masalalarga yechim topish borasida mutasaddilarga vazifalar berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-02-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют