» » Ilk bor Tailand malikasi bosh vazir bo‘lishi mumkin

Ilk bor Tailand malikasi bosh vazir bo‘lishi mumkin


Sobiq Tailand qirolining singlisi, 67 yoshli malika Ubola Ratana bosh vazir lavozimi uchun bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlarida qatnashadi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.

Tailand malikasi muxolifatchi partiya “Txai Raksa Chaat”dan chiqqan nomzod sifatida qatnashadi.

Bu holat Tailand an’analariga mutlaqo zid. Chunki hech qachon qirol oilasidagilar mamlakat siyosiy hayotida qatnashmagan.

Parlament saylovlarida sobiq hukumat rahbari Taksin Chinavat tarafdorlari (Tailand malikasi nazarda tutilmoqda) hamda 2014-yil hokimiyat tepasiga kelgan harbiylar o‘rtasida lavozim uchun kurash bo‘ladi.

Saylovlar 2019-yil 24-martda bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-02-2019, 21:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 44) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют