» » Toshkent agrar universiteti dekan o‘rinbosari talabaning imtihonga kirishiga ruxsat berish uchun 600 ming so‘m olgan vaqtida qo‘lga tushdi

Toshkent agrar universiteti dekan o‘rinbosari talabaning imtihonga kirishiga ruxsat berish uchun 600 ming so‘m olgan vaqtida qo‘lga tushdi


Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent davlat agrar universiteti dekan o‘rinbosari X.A. universitetning 2-kurs talabasi A.dan uni yakuniy imtihonlarga kirishiga ruxsat berish evaziga 600 ming so‘m olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bundan tashqari, X.A. muntazam ravishda dars soatlarini qoldirgan 11 nafar talabalarni imtihonlarga kirishlariga ruxsat berishi evaziga olgan jami 4,6 mln. so‘m pul mablag‘larini ixtiyoriy ravishda taqdim qilgan.

“Mazkur holat yuzasidan X.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda”, — deyiladi Bosh prokuratura axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-02-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 118) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют