» » O‘zbekistonning birinchi “Drimlayner”i Niderlandiyada ko‘rikdan o‘tib qaytdi

O‘zbekistonning birinchi “Drimlayner”i Niderlandiyada ko‘rikdan o‘tib qaytdi


O‘zbekistonning birinchi Boeing 787-8 Dreamliner (UK-78701) havo kemasi Amsterdamda ko‘rikdan o‘tib qaytdi. Bu haqda Telegram’dagi @aviaspotter kanalida xabar qoldirilgan.

Avvalroq samolyot rejali modifikatsiya qilish uchun Niderlandiyaga jo‘natilgani ma’lum bo‘lgandi. Samolyot rejali jo‘natishga yuborilishi arafasida esa OAVda Uzbekistan Airways’ning ikkita “Drimlayner” samolyotlarida nosozliklar kuzatilgani haqida xabarlar berilgan edi.

Ushbu xabarlardan so‘ng Uzbekistan Airways ma’muriyati “Boeing-787 Dreamliner samolyotlari parki haqida noto‘g‘ri axborot va uydirmalar tarqalib ketishining oldini olish maqsadida” Boeing va General Electric kompaniyalari vakillari ishtirokida brifing tashkil etishini bildirgandi.

Biroq brifing qachon o‘tkazilishi hozircha noma’lum.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-02-2019, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют