» » “O‘zbekiston havo yo‘llari” Dreamliner’ning buzilgani haqidagi xabarlarni rad etdi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Dreamliner’ning buzilgani haqidagi xabarlarni rad etdi


“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi “Ozodlik” nashri tomonidan tarqatilgan Boeing-787 Dreamliner samolyotining nosozligi haqidagi xabarni rad etdi. Nashrning yozishicha, dvigatel nosozligi va tushunarsiz shovqinlar sababli 24-dekabr kuni HY604 Moskva—Toshkent reysi bir tarim soatga ushlanib qolgan va ekipaj nosoz samolyotda ortga uchishga majbur bo‘lgan. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.

Uzbekistan Airways xabariga ko‘ra, reys haqiqatan ham 1 soat 18 daqiqaga ushlanib qolgan. Ushlanib qolishga yo‘lovchilarni samolyotga chiqarish va havo kemasining muzlashga qarshi ishlovi bilan bog‘liq masalalar sabab bo‘lgan.

Kompaniya “Ozodlik”ning qisqa masofalardagi parvozlar Boeing-787 samolyotlarini achinarli ahvolga olib kelgani haqidagi xabarini ham rad etgan.

Kompaniya xabarida aytilishicha, 2016-yildan buyon GEnx-1B dvigatellari bilan jihozlangan Boeing-787 samolyotlari muvaffaqiyatli ishlatilmoqda. Samolyotlarning bu turi qisqa va uzoq masofalarga qulay parvozlarni amalga oshirishni ta’minlash uchun xarid qilingan. Shu jumladan, Markaziy Osiyoda faqat Uzbekistan Airways tomonidan qo‘nishsiz amalga oshiriladigan qat’alararo parvozlarni amalga oshirish uchun ham.

Uzbekistan Airways’ning qayd etishicha, parvozlar xavfsizligini ta’minlash uchun Boeing-787 ning diagnostikasi samolyotni va uning dvigatellarini ishlab chiqargan kompaniyalar bilan yaqin hamkorlikda amalga oshiriladi. Ularning tavsiyasiga binoan keyinroq yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘p xarajatli ta’mirning oldini olish maqsadida 24-dekabr kuni samolyot dvigatellarning rejali yangilanishiga jo‘natilgan. Bu kompaniyaga ortiqcha xarajatlarning oldini olishga imkon beradi, samolyotning ishlash vaqtini oshiradi va yoqilg‘i sarfini kamaytiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-12-2018, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 94) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют