» » Qoraqalpog‘istonda 3 mingdan oshiq o‘qituvchining maoshidan kommunal to‘lovlar uchun noqonuniy ravishda ushlab qolingani aniqlandi

Qoraqalpog‘istonda 3 mingdan oshiq o‘qituvchining maoshidan kommunal to‘lovlar uchun noqonuniy ravishda ushlab qolingani aniqlandi


Qoraqalpog‘iston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mehnat inspeksiyasi tomonidan “Kun.uz” saytida e’lon qilingan “O‘qituvchilar maoshidan 500 ming so‘mdan ushlab qolinmoqda” nomli maqola bo‘yicha Amudaryo tumani xalq ta’limi bo‘limida o‘rganish o‘tkazildi.

Ma’lum bo‘lishicha, tumandagi 82 ta umumta’lim maktabida ishlovchi 5154 nafar pedagog xodimning 3115 nafaridan elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi va boshqa kommunal to‘lovlar uchun noqonuniy ravishda roziligi olinmay, ish haqidan ushlab qolingan.

Mazkur holat bo‘yicha aybdor bo‘lgan Amudaryo tumani xalq ta’limi bo‘limi mudirining o‘rinbosari R.Matqurbanov hamda Xalq ta’limi boshqarmasi markazlashtirilgan moliya buxgalteriya xizmati bosh hisobchisi M.Qalandarov Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasi 1-qismi bilan eng kam ish haqining besh baravari (1 013 650 so‘m) miqdorida jarimaga tortildi.

Shuningdek, inspeksiya tomonidan mazkur huquqbuzarlik holati bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga 2019-yil 8-fevral kuni qonunbuzilishini bartaraf etish va kelgusida yo‘l quymaslik yuzasidan belgilangan tartibda taqdimnoma kiritildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-02-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют