» » Soliq xizmati organlarinnig nazorat tadbirida noqonuniy tadbirkorlik faoliyatlariga chek qo‘yildi

Soliq xizmati organlarinnig nazorat tadbirida noqonuniy tadbirkorlik faoliyatlariga chek qo‘yildi


Toshkent shahar davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan yashirin faoliyat yuritishni cheklash, noqonuniy hatti-harakatlarga barham berish hamda soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab kelayotgan insofli tadbirkorlarni rag‘batlantirish maqsadida profiliktik tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar DSB Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘basi xabar berdi.

Jumladan, Toshkentning Olmazor tumani, Farobiy ko‘chasi, 426-uyda fuqaro Begali Turg‘unov (ism familiyalar o‘zgartirilgan) 80 turdagi umumiy qiymati 1 milliard so‘mdan ziyod 1858 dona gilam mahsulotlarini hech qanday hujjatlarsiz, noqonuniy ravishda savdoga qo‘yganligi aniqlangan.

Ushbu savdo do‘konidagi o‘tkazilgan nazorat tadbirida “uddaburon tadbirkor” mahsulotlarning kirim hujjatlari va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun ruxsatnomalari bo‘lmagan.

Profiliktik tadbirlar davomida yana bir fuqaro Olmazor tumani, Qora-Qamish 2/4 dahasi, Yunusova ko‘chasida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan yashirin sex tashkil etib, erkaklar poyafzali ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlandi. Eng achinarlisi, yong‘in xavfsizligi, tibbiy gigiyenik qoidalarga zid ravishda faoliyat yuritayotgan ushbu korxonada 20 nafarga yaqin fuqaro norasmiy ravishda yollanib, ishlab kelayotgani ma’lum bo‘lgan.

Nazorat tadbiri davomida faoliyatini boshlab, ammo tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan ushbu fuqarolarga ro‘yxatdan o‘tish tartibi, soliq to‘lovlari, noqonuniy tadbirkorlikning salbiy oqibatlari hamda qonuniy faoliyat yuritishning afzalliklari batafsil tushuntirildi. Shundan so‘ng ular soliq idoralari ham amaliy ham huquqiy ko‘magi bilan tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tdi.

Toshkent shahar davlat soliq xizmati organlari tomonidan bu kabi profilaktik tadbirlar davom etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-02-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют