» » “Toshshahartransxizmat” ma’muriy binosida yong‘in sodir bo‘ldi (foto)

“Toshshahartransxizmat” ma’muriy binosida yong‘in sodir bo‘ldi (foto)


11-fevral kuni soat 8:30 da Toshkent shahri, Amir Temur shohko‘chasi,1-o‘tish yo‘lidagi ma’muriy binoda yong‘in chiqqani haqida xabar olindi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlarining tezkor harakatlari tufayli yong‘in bir necha daqiqada bartaraf etildi.

Yong‘in oqibatida ma’muriy bino tomining 60 kvadrat metri yongan. Bunga elektr simining qisqa tutashuvi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Telegram’dagi “Exo Uzbekistana” kanaliga ko‘ra, Oloy bozori yaqinida joylashgan ma’muriy bino “Toshshahartransxizmat” AJga tegishli.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-02-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют