» » Toshkentda gulchilik va bog‘dorchilikka bag‘ishlagan xalqaro ko‘rgazma o‘tkaziladi

Toshkentda gulchilik va bog‘dorchilikka bag‘ishlagan xalqaro ko‘rgazma o‘tkaziladi


Savdo-sanoat palatasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, joriy yilning 24—26-may kunlari Toshkentdagi “O‘zko‘rgazmasavdo” ko‘rgazmalar zalida Flowers & Garden Expo Uzbekistan nomli gulchilik va bog‘dorchilik xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi, deb yozadi O‘zA.

Qayd etilishicha, ushbu ko‘rgazma O‘zbekiston bilan xorijiy kompaniyalar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish va kengaytirish, shuningdek mamlakat gulchilik va bog‘dorchilik bozoriga investitsiyalarni jalb qilish hamda tajriba almashish imkonini beradi.

Flowers & Garden Expo Uzbekistan gullar, o‘simliklar va urug‘lar, floristika va dizayn, bog‘ bezaklari, bog‘dorchilik uskunalari va texnikasi, bog‘ va peyzaj dizayni, issiqxonalar, barbekyu va aksessuarlar kabi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi. Ko‘rgazmada B2B formatida biznes uchrashuvlar tashkil etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-02-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют