» » Qozog‘iston prezidentining rafiqasi Sara Nazarboyeva 78 yoshni qarshi oldi

Qozog‘iston prezidentining rafiqasi Sara Nazarboyeva 78 yoshni qarshi oldi


Bugun, 12-fevral kuni Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning rafiqasi Sara Nazarboyeva 78 yoshni qarshi oldi, deb xabar berdi “Tengrinews”.

Sara Nazarboyeva 1992-yilning fevralidan boshlab “Bobek” (“Kichkintoy”) xalqaro bolalar xayriya fondi asoschisi va prezidenti hisoblanadi.

Fond shu kunga qadar ko‘plab yetimlarga, nogironligi bo‘lgan bolalarga yordam berib kelmoqda.

U 1994-yilning yozidan boshlab “SOS-Qozog‘istondagi bolalar qishloqlari” fondini ham boshqaradi.

Sara Nazarboyeva 1999-yildan “Demografiya” xayriya fondining vasiylik kengashiga rahbarlik qilmoqda. U xayriya sohasidagi faoliyati uchun ko‘plab xalqaro tashkilotlar tomonidan e’tirof etilgan va mukofotlangan. Jumladan, Sara Nazarboyeva Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining xalqaro mukofoti, Unity xaqlaro mukofoti hamda “O‘z-o‘zini anglash falsafasiga qo‘shgan buyuk hissasi uchun” Chingiz Aytmatov nomidagi oltin medalni qo‘lga kiritgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-02-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют