» » Sochsiz bosh – yurak uchun og‘ir tosh

Sochsiz bosh – yurak uchun og‘ir tosh


Boshdan soch to‘kilishi nima bilan bog‘liq va uni qanday davolash mumkin? Bu muammoga to‘g‘ri tashhis qo‘yish uchun, uning sabablari turli xil bo‘lganligi bois avvalo mutahsisga murojaat qiling. Ammo sochlarning tashqi ko‘rinishi yomonlashishi sababini aniqlashga harakat qilish mumkin. Albatta, sizning vaziyatingizda ko‘p soch to‘kilishiga nima sabab bo‘lishini o‘zingiz oydinlashtirib olishingiz mumkin.

Soch to‘kilishining eng asosiy sababi androgen allopetsiya bo‘lib, u gormonlar almashinuvi bilan bog‘liq. Bu uzoq davrni o‘z ichiga oluvchi kasallikdir. Ko‘pchilik soch to‘kilishidan aziyat chekadiganlar uning davosi borligiga shubha bilan qarashadi va umidsizlikka tushishadi. Buning natijasida ularda sochlarining to‘kilishiga be’yetiborlik paydo bo‘ladi. “Bo‘ldi tamom. Meni sochim endi to‘kilishidan to‘xtamaydi. Endi men kal bo‘lib qolaman” deb o‘ylaydigan kishilarda ruhiy istirob vujudga keladi. Shuni unutmaslik, kerakki soch to‘kilishi bilan bog‘liq hozirgi amaliyotda hatto 12 yil davomida soch to‘kilishiga uchragan insonlar ham davo topishgan va sochlari normal holatga qaytgan. Shunday ekan, hech qachon tushkunlikka tushmang. Sochingiz juda kaltami, 1 santimetrmi, kallik boshlanganmi, tepakalmisiz yoki butunlay kal bo‘lsangiz ham shuni unutmanki, sizda yana avvalgidek soch bo‘lishiga erishish mumkin.

Yuqorida aytganimizdek, alopetsiya holati kuzatilganda, sochning ildiz sohasi faoliyati yomonlashadi va uning hayot darajasi qisqaradi. Bu davrning 10-yilidan keyin soch ildizini qayta tiklash nihoyatda murakkablashadi, Ya’ni, endi kallikni to‘xtatib bo‘lmaydi. Lekin shunday bo‘lsada umidni so‘ndirmaslik kerak.

Kishilarda vaqti-vaqti bilan stres yuzaga kelishi ham chiroyli soch turmagidan ayrilishga olib keladi. Bunday holatda birinchi navbatda boshni massaj qilish tavsiya etiladi. Bunday vaqtinchalik soch to‘kilishi holatlari ham ko‘pchilikda uchrab turadi. Soch to‘kilishi vaqtincha bo‘lsada, ko‘pchilik bundan aziyat chekadi. Do‘stlar davrasida, to‘y-hashamlarga borilganda, ko‘cha-ko‘yda yurganda soch inson bezab turadigan kichik unsurdir. Lekin, u kaltalashsa, tashqi ko‘rinishingiz hunuk ahvolga keladi va bunday vaqtinchalik holatlarda siz ko‘pincha qandaydir yo‘l qidirasiz va sochingiz kaltalashganini boshqalarga bildirmaslikka harakat qilasiz. Hozirgi paytda bunday holatga yechimlar bor.

So‘ngi paytda ko‘pchilik foydalanib, soch muammolariga davo izlayotganlar MinoX brendi ishlab chiqargan vositalardan foydalanishmoqda. Ayniqsa, uning soch to‘kilishi va kallikni davolash bo‘yicha kosmetik vositalari ko‘pchilikka manzur bo‘ldi. Undan foydalanib dardiga darmon topganlar qoldrigan firklardan birini sizga havola etamiz. “Mening yoshim 28da. Peshonamdagi sochlar keskin qisqara boshladi. Men buni birdaniga payqadim. Sochlarim qalinligi o‘zgarganligi natijasida yuzim oynada boshqacha ko‘rinardi, keyin bir kun sartarosh ham mening sochlarim to‘kilayotganligiga shama qilib qoldi. Shunda uzoq o‘ylanmasdan trixologga bordim. U menga MinoX 5ni tavsiya etdi. Shu zahoti bu vositani qo‘llashni boshladim. Natijasi yomon emas. Peshonamdagi sochlarim avvalgidek uzun edi va endi sartarosh ham sochlarim qalinlashganligi haqida gapirmoqda.”

MINOX 5 – kuchli ta’sir etuvchi losyon-sprey, sochlarning to‘kilishiga qarshi kurash uchun mo‘ljallangan. Soch to‘kilishini to‘xtatadi, androgenetik alopetsiya bo‘lgan erkaklar va ayollarda, diffuzli telogen alopetsiyasi bo‘lgan va tug‘ruqdan keyingi sochlar to‘kilishi bo‘lgan ayollarda sochlar o‘sishini rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Mavsumiy soch to‘kilishida samarali ta’sir etadi. Erkaklar uchun Minox boshning orqa qismida (tepasida) soch to‘kilganda, ayollar uchun – o‘rtadagi soch orasi sohasida soch to‘kilganda eng samarali bo‘ladi.

Shuningdek, bemorning yoshiga (40 yoshgacha) va uning kasalligi uzoqligiga bog‘liq bo‘lishi ham kuzatiladi: kasallikning davomiyligi 3-5 yil bo‘lganda eng yaxshi ta’sir etadi; kasallikning davomiyligi 10 yoshgacha bo‘lgan bemorlarning ko‘p qismida, hamda bosh tepasi sohasida, 10 sm dan oshmagan o‘lchamdagi soch to‘kilgan joyi bo‘lib, soch to‘kilgan joyining markazida 100 tukli va terminal sochlar bo‘lganda ijobiy ta’sir kuzatilgan.

10-12 yil davomidagi alopetsiyadan keyin shikastlangan uchastkalarda sochlarni o‘stirishi mumkin bo‘lgan yashovchan follikulalar deyarli qolmaydi, shuning uchun minoksidinning samarasi pasayadi. Shunday qilib, u bosh terisi faoliyatini yaxshilaydi va qaytadan soch paydo bo‘lishiga zamin yaratadi.

MinoX tezkor samara beruvchi va sochlari to‘kilganligini bildirmaslik uchun vaqtinchalik sochlarni gavjum va ko‘p qilib ko‘rsatadigan vosita bilan ham ta’minlaydi. Minox Hair Magic sochlarni niqoblash uchun pudra bo‘lib, Paxta mikratolalarining asosidagi yangi tabiiy vosita bor-yo‘g‘i 30 soniya ichida qalin quyuq sochlar turmagini yaratishga imkon beradi. Agar rangi to‘g‘ri tanlangan bo‘lsa, MinoX Hair Magic hatto juda yaqin masofadan ham amalda ko‘rinmaydi. Tolalar sochlar bilan shunchalik uzviy birlashib ketadiki, hatto mutaxassis ham ularni insonning o‘z sochlaridan farqlay olmaydi.

Bu mo‘jizali kukun haqida foydalanganlar fikrlari uning samarasi yuqori ekanligidan dalolat beradi. “Boshimning o‘rtasidagi sochlar nihoyatda siyraklashib nihoyatda hunuk bo‘lib qoldim (o‘zimcha). Dugonalarimning oldida uyalib yuradigan bo‘lib qoldim. Keyin ushbu kukundan foydalanib ko‘rishga qaror qildim. Natija meni emas, men borgan tadbirdagi barchani hayron qoldirdi. Sochlarim ikka barobarga ko‘paygandek tuyildi menga”.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Facebook, Odnoklassniki, Instagram, Telegram

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-02-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют