» » O‘zbekistonda sirtqi ta’lim kerakmi? Part time tizimi undan samaraliroqmi?

O‘zbekistonda sirtqi ta’lim kerakmi? Part time tizimi undan samaraliroqmi?


2018-yilda O‘zbekistonda sirtqi o‘qitish shakli qayta joriy qilindi. Biroq ushbu qaror mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirarmikan degan asosli savol paydo bo‘ladi. Bu savolga “Daryo” kolumnisti, Janubiy Koreyaning Pusan chet tillar universiteti professori Azamat Akbarov javob qidirib ko‘radi.

Sirtqi bo‘limlarda tahsil oluvchilar kunduzgi bo‘lim o‘quv dasturining umumiy bilimlar hajmining atigi 50–60 foizini o‘zlashtirishadi xolos. Shunda ham doimo sifatli o‘zlashtirish kuzatilmaydi. Shuningdek, sifatsiz ta’lim mamlakat xavfsizligiga tahdid ekanligini ta’kidlab o‘tishimiz lozim. Mutaxassislar qarorlar qabul qilish lozim bo‘lgan sohaga ishga kelishsa. Masalan, gayka noto‘g‘ri burab qo‘yilsa, bir kun kelib qurbonlarga olib kelishi mumkin. Pedagog yoki muhandis tegishli va o‘rgatishi lozim bo‘lgan to‘g‘ri ta’limni bermasa, jamiyatga zarar keltiradi.

Ta’limning sirtqi o‘qitish shakliga muqobil usul sifatida part time usuli — asosiy faoliyatdan uzilmagan holda olib boriladigan ta’lim turini taklif qilmoqchiman. Bu usul moslashuvchan o‘qish jadvaliga asoslanib olib boriladi: kurslar kechki paytda va dam olish kunlari o‘tkazilishi mumkin. Ta’lim ish bilan band odamlarning ishlab chiqarishdan uzilmagan holda ta’lim olishlariga imkoniyat yaratadi.

Biz part time tizimi zarurligini anglashimiz kerak. Odamlar turli-tuman vaziyat va sharoitda yashayotgani uchun ularda bunday imkoniyatga ehtiyoj bor. Ammo bu tizimga biroz o‘zgartirishlar kiritish lozim. Hozir tegishli huquqiy-me’yoriy hujjatlar tayyorlanishi lozim. Biroz o‘zgartirishlar kiritilgan ko‘rinishda part time bizda joriy qilinishi lozim. Birinchi o‘zgartirish —talabalarga davlat umumta’lim standartiga ko‘ra tegishli o‘quv dasturi darslari hajmining 65 foizini emas, balki 100 foizini o‘qitish lozim. Ikkinchidan, masofali o‘qitish texnologiyadan foydalanishni joriy qilishimiz lozim. Bu esa maxsus tizim ishlab chiqishni talab qiladi.

Endilikda universitetlar oldida hal qilinishi lozim bo‘lgan yangi muammolar paydo bo‘ladi. Ular bir-biri bilan emas, professional assotsiatsiyalar va sertifikatsion dasturlar bilan raqobat qilishi kerak bo‘ladi. Masalan, professional buxgalterlar, auditorlar kurslari hamda til dasturlari bilan raqobat.

IELTS yoki TOEFL sertifikati ingliz tilini o‘zlashtirganlikni tasdiqlaydi va hech kim bu sertifikatning darajasini shubha ostiga ola olmaydi. Biroq bunday sertifikatlarni oliy o‘quv yurti emas, balki ushbu sertifikatsion dasturni ishlab chiqib, joriy qilgan Britaniya kengashi beradi. Bular oliy ta’lim oldida turgan va hal qilinishi lozim bo‘lgan vazifalardandir. Ehtimol, ta’lim beriladigan ba’zi ixtisoslarga hojat qolmas, chunki ish topish uchun oliy o‘quv yurtiga borib o‘qishga zarurat yo‘qoladi. Microsoft, Oracle yoki IT sohasi nomi chiqqan katta korxonalar sertifikatini olib kelib ko‘rsatishning o‘zi kifoya bo‘ladi, chunki ish beruvchilar bunday sertifikatlarni hech qanday diplomlarsiz tan oladi.

Shu asnoda ta’limning narxi ham oliy o‘quv yurtlari raqobatiga ta’sir qiladi. Universitetlar narxlarni o‘zlari belgilashi, talabalar esa bir semestrda necha fanni o‘qishni, ya’ni qancha pul to‘lashni va necha yil o‘qish kerakligini tanlashi lozim. Bunday yangi tizim mehnatdan daromadlari katta bo‘lmagan aholi tabaqalariga ham ta’lim olish imkonini yaratadi.

Muallif fikri tahririyat nuqtai nazariga mos kelmasligi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-02-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют