» » O‘zbekistonda yangi o‘quv yilidan talabalar onlayn tarzda ham o‘qitilishi yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda yangi o‘quv yilidan talabalar onlayn tarzda ham o‘qitilishi yo‘lga qo‘yiladi


Yangi o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim tizimida maxsus sirtqi bo‘lim talabalari uchun darslar masofadan turib onlayn tarzda o‘qitiladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Davlat rahbarining 2017-yil 9-avgustida “Oliy ta’lim muassasalarida pedagogika yo‘nalishida maxsus sirtqi bo‘limlarni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori asosida 15 ta oliy o‘quv yurtida sakkizta yo‘nalish bo‘yicha maxsus sirtqi bo‘limlar tashkil etilgan.

Endilikda joriy etilgan onlayn o‘qitish platformasi yordamida sirtqi ta’lim talabalari, masofadan turib, o‘z ish joyidan ajralmagan holda ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 noyabrdagi “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi Qarorida sirtqi va kechki ta’lim talabalari uchun masofadan turib ta’lim berish belgilangan. Joriy etilgan onlayn o‘qitish kurs platformasi mazkur qarorni amaliyotga tatbiq qilishda katta ahamiyatga ega.

Onlayn o‘qitish platformasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy etish markazi tomonidan joriy etildi. Bugungi kunda maxsus sirtqi ta’limning 144 ta darsligi tayanch oliy ta’lim muassasasi bilan birgalikda masofaviy o‘qitish formati asosida ishlab chiqish yo‘lga qo‘yildi. Masofaviy ta’limni amalga oshirishning navbatdagi bosqichida oliy ta’limning sirtqi va kechki ta’lim uchun masofaviy o‘qitishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Sirtqi va kechki ta’lim darsliklari ham bosqichma-bosqich onlayn o‘qitish tizimiga o‘tkazilib boriladi.

Onlayn o‘qitish kursini tashkil qilish uchun mo‘ljallangan platformada barcha zaruriy elementlar yaratilgan. Xususan, ma’ruza, videodars, test, topshiriq, chat, forum, so‘rovnoma, glossariy, teskari aloqa va vebinar shular jumlasidandir. Shuningdek, foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida platformani ijtimoiy tarmoqlar bilan integratsiyasi amalga oshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2018, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют