» » Andijonda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 536 yilligi keng nishonlanmoqda

Andijonda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 536 yilligi keng nishonlanmoqda


O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyandasi, olim va shoir, shoh va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 534 yilligi munosabati bilan adabiy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda, deb xabar berdi O‘zA.

Andijon shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi bog‘da Andijon viloyati hokimligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Hindiston, Bangladesh, Qirg‘iziston davlatlaridan tashrif buyurgan mehmonlar, mamlakatimizda va xorijda faoliyat olib borayotgan boburshunos olimlar, professor-o‘qituvchilar, talabalar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov va boshqalar O‘zbekistonda buyuk alloma va mutafakkirlarning ijodiy merosini o‘rganish, xotirasini abadiylashtirish, asarlarida ilgari surilgan ezgu g‘oyalarni keng targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Boburning betakror she’riyati, Sharq xalqlarining turmush tarzi, urf-odatlari, tabiati va qadriyatlari haqida mufassal ma’lumot beruvchi, insonni komillikka undovchi asarlari yosh avlodni Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga egaligi aytildi.

“Darhaqiqat, Bobur ijodi insonni komillikka yetaklovchi ulkan ma’naviy merosdir. Ayniqsa, adabiyot, tarix, tilshunoslik, huquqshunoslik, musiqa va geografiyaga oid asarlari bizga tariximiz haqida juda ko‘p ma’lumotlar berish bilan birga, o‘sha davr yozma manbaalarini o‘rganishimizda muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Bobur lirikasi o‘zbek mumtoz adabiyotining eng go‘zal sahifalaridan desak yangilishmaymiz”, — deyiladi xabarda.

Tadbirlar davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-02-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют