» » Bosh prokuratura Samarqanddagi “Umar” qurilish kompaniyasi rahbari va uning xodimlari qo‘lga olinganini tasdiqladi

Bosh prokuratura Samarqanddagi “Umar” qurilish kompaniyasi rahbari va uning xodimlari qo‘lga olinganini tasdiqladi


“Daryo” nashrida 13-fevral kuni Samarqandda quruvchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Umar” qurilish kompaniyasi rahbari Umar Rajabov, uning o‘g‘li, “Umar” kompaniyasiga qarashli yana ikki qurilish firmasi rahbarlari ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgani, ular qamoqqa olingani haqida xabar berilgan edi. Bosh prokuratura ushbu ish bo‘yicha “Daryo”ga rasmiy ma’lumot berdi.

Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan “Afrosiyob Xosiyat Begim Makoni” MChJ rahbari Shavkat Ablaqulov va boshqalarga nisbatan JKning 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (ko‘p miqdorda firibgarlik) bilan jinoyat ishidan qo‘zg‘atilgan.

Aniqlanishicha, Omar Rajabov “Afrosiyob Xosiyat Begim Makoni” MChJni ta’sis etib, norasmiy ravishda boshqarib kelib, Fayzullo Fayziyev, Shavkat Ablaqulov, Ruslan Rajabov va boshqalar bilan jinoiy til biriktirib, jamiyatga Samarqand shahrining tegishli qismlarida ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun ruxsat berilmagan bo‘lsa-da, fuqarolar N.K., Ch.A., R.A. ko‘rsatilgan manzilga ko‘p qavatli uy-joy qurishini aytib, ularni aldab, firibgarlik yo‘li bilan 900 million so‘mdan ortiq naqd pul mablag‘ini ko‘lga kiritgan.

11-fevral kuni Omar Rajabov, Ruslan Rajabov, Fayzullo Fayziyev va Shavkat Ablaqulovlar JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda firibgarlik) bilan gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlandi.

13-fevral Omar Rajabov, Ruslan Rajabov, Fayzullo Fayziyev va Shavkat Ablaqulovlarga JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandida, 189-moddasida (Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish), 228-moddasi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 2-qismi “a”, “b” bandlarida va 228-moddasi 3-qismi bilan ayb e’lon qilinib, ularga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-02-2019, 18:00)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют