» » AQSh Senati Rossiyaga qarshi sanksiyalar to‘g‘risidagi qonun loyihasini taqdim etdi

AQSh Senati Rossiyaga qarshi sanksiyalar to‘g‘risidagi qonun loyihasini taqdim etdi


13-fevral kuni Senatorlar AQShning Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalari to‘g‘risidagi qonun loyihasini tayyorladi. Bu haqda “Dojd” xabar berdi.

Unda davlat qarzi, bank va energetika sektori, Federal xavfsizlik xizmati va kemasozlik sektorining 24 nafar xodimlariga nisbatan cheklovlar nazarda tutilgan.

Sanksiyalarni Rossiyaning g‘arb davlatlaridagi “demokratik jarayonlarga aralashgani”, Suriyadagi harakatlari va “Ukrainaga nisbatan tajovuzi” uchun kiritish taklif etilgan.

“Hujjat senatorlarning 2018-yil avgustida taklif qilgan va qabul qilinmagan sanksiyalar paketining yanada qattiqroq turidir”, — deyiladi xabarda.

Qonun loyihasi senatorlar Robert Menendes, Lindsi Grem, Kori Gardner, Ben Kardin va Djinn Sheyxin tomonidan ishlab chiqilgan.

Yangi sanksiya haqidagi xabarlar holatida Moskva birjasida rublning dollar va yevroga nisbatan qiymati 40-50 tiyinga tushib ketgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-02-2019, 18:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют