» » Toshkent davlat stomatologiya instituti ikkinchi bor xalqaro darajada tan olindi

Toshkent davlat stomatologiya instituti ikkinchi bor xalqaro darajada tan olindi


Toshkent davlat stomatologiya instituti har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan A. I. Yevdokimova nomidagi Moskva davlat tibbiyot va stomatologiya universiteti tomonidan butun Rossiya stomatolog talabalar olimpiadasida muntazam ishtirok etib keladi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Ushbu tadbir har bir talabaning o‘qish davomida olgan bilim va ko‘nikmalarini namoyish etish imkonini beradi. Olimpiada ko‘lamiga ko‘ra Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlarini qamrab olgani e’tiborga molik.

Joriy yilda tashkil etilgan olimpiadada ham MDH davlatlarining 45 dan ortiq oliy o‘quv yurtlari talabalari ishtirok etdi. E’tiborga molik jihati, unda stomatologiyaning barcha yo‘nalishlari qamrab olingan. Olimpiada doirasida ishtirokchilar uchun seminarlar tashkil etilib, tish kasalliklari profilaktikasi, diagnostikasi va davolash borasidagi yangi texnologiyalar namoyish qilinadi.

2017-yilda o‘tkazilgan olimpiadada ham 50 ga yaqin oliy o‘quv yurtlari orasida Toshkent davlat stomatologiya instituti talabalari chempion bo‘lgan edi. Bu safar ham o‘zbekistonlik talabalar bilim va mahoratlarini yaxshi namoyish etdi.

Institutning 5-kurs talabasi Sardor Xaytmetov olimpiadaning mutlaq g‘olibi bo‘lgan bo‘lsa, Farruh Mingboyev va Boburjon Hamidov ikkinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. Shu tariqa Toshkent davlat stomatologiya instituti o‘tgan uch yil ichida stomatologiya sohasida mutaxassislarni tayyorlashda ikkinchi bor xalqaro darajada tan olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-02-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют