» » Ispaniyada parlament tarqatib yuborildi va muddatidan avvalgi saylovlar belgilandi

Ispaniyada parlament tarqatib yuborildi va muddatidan avvalgi saylovlar belgilandi


Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches muddatidan oldingi saylovlar 28-aprel kuniga belgilanganini aytdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Bu 2019-yilgi budjet loyihasini parlament rad qilgandan keyin sodir bo‘lgan.

“Men parlamentni tarqatib yuborish va saylovlarni 28-aprelga belgilashni taklif qildim,” — dedi u.

Sanches sotsialistlar hokimiyat tepasiga kelganidan sakkiz yarim oy o‘tgach, erta saylov o‘tkazilishini e’lon qilgan. Jamoatchilik fikriga ko‘ra, yangi vazirlar mahkamasini shakllantirish uchun hozir hech bir partiya kerakli ovoz yig‘a olmaydi. Shu munosabat bilan tomonlar o‘rtasida koalitsiya tuzish bo‘yicha uzoq muddatli muzokaralar olib borilishi mumkin.

2019-yilgi Davlat budjeti loyihasi deputatlar kongressida — parlamentning quyi palatasida 13-fevral kuni bloklangan, unda sotsialistlarning 350 nafardan 84 nafari vakolat olgan. Bu yerda hukumat Katalon partiyalarining qo‘llab-quvvatlashiga muhtoj edi. Biroq ular mintaqaning mustaqillikka erishish bo‘yicha muzokaralarni boshlashga kelishib olmagan holda budjetga ovoz berishdan bosh tortgan. Muxolifat ham loyihaga qarshi chiqqan.

Ispaniyada parlament saylovlari 2020-yil o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-02-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют