» » Britaniya parlamenti 8-iyunda muddatidan avvalgi saylovlar o‘tkazilishini ma’qulladi

Britaniya parlamenti 8-iyunda muddatidan avvalgi saylovlar o‘tkazilishini ma’qulladi


Buyuk Britaniya parlamenti mamlakat bosh vaziri Tereza Meyning 8-iyun kuni muddatidan avvalgi umummilliy saylovlar o‘tkazish haqidagi taklifini ma’qulladi.

Tashabbusni amalga oshirilishi uchun Jamoa palatasining 522 deputati ovoz berdi, 13 deputat bunga qarshi chiqdi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Jamoa palatasini tarqatib yuborish va 8-iyun kuni mamlakatda umummilliy saylovlar o‘tkazish niyatini Tereza Mey 18-aprel ma’lum qilgan edi.

Bosh vazir o‘zining bu qarorini deputatlar orasida Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqishi masalasida birdamlik yo‘qligi bilan izohlagan edi.

Brexit jarayoni 30-mart kuni ishga tushirilgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-04-2017, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 32) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют