» » Shotlandiya parlamenti mustaqillik masalasida yangi referendum o‘tkazilishini ma’qulladi

Shotlandiya parlamenti mustaqillik masalasida yangi referendum o‘tkazilishini ma’qulladi


Shotlandiya parlamenti 28-mart kuni bo‘lgan yig‘ilishda hududning Buyuk Britaniyadan mustaqilligi masalasida yangi referendum o‘tkazish masalasini ma’qulladi. Meduza’ning yozishicha, birinchi vazir Nikola Starjenning taklifini 69 deputat qo‘llab-quvvatlagan, 59 deputat qarshi ovoz bergan.

Buyuk Britaniyaning Shotlandiya ishlari bo‘yicha vaziri Devid Mandellning ma’lum qilishicha, rasmiy London Brexit jarayoni yakuniga yetmagunicha, The Guardian’ning yozishicha, 2020-yilga qadar Shotlandiya bilan yangi referendum masalasida muzokaralar o‘tkazmaydi.

Starjen esa mustaqillik masalasidagi referendumni 2018-yil kuzidan 2019-yil bahorigacha bo‘lgan oraliqda o‘tkazishni rejalarini e’lon qilib ulgurdi.

Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqishi masalasida 2016-yili o‘tkazilgan referendumda Shotlandiyaning aksariyat aholisi qarshi ovoz bergan, biroq “Brekzit” tarafdorlari kichik ustunlik bilan g‘alaba qozongan edi.

Buyuk Britaniya qirolichasi 2017-yil martida “Brekzit” jarayonini boshlash haqidagi qonunni imzolaganidan so‘ng, Shotlandiya birinchi vaziri Nikola Starjen mustaqillik masalasida yangi referendumga tayyorgarlikni e’lon qildi. Buyuk Britaniya hukumati bu rejaga qarshi chiqdi.

Shotlandiyaning Buyuk Britaniyadan mustaqilligi masalasidagi birinchi referendum 2014-yili o‘tkazilgan edi. O‘shanda hudud aholisining 55,3 foizi qirollik tarkibida qolish uchun ovoz bergan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-03-2017, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют