» » Shotlandiya parlamenti mustaqillik haqidagi referendum muhokamasining birinchi kunini yakunladi

Shotlandiya parlamenti mustaqillik haqidagi referendum muhokamasining birinchi kunini yakunladi


Shotlandiya parlamenti mamlakat hukumatining hudud mustaqilligi haqida ikkinchi referendumni o‘tkazish bo‘yicha tashabbusi muhokamasining birinchi kunini yakunladi, deb yozadi “TASS”.

Shotlandiyaning birinchi vaziri Nikola Sterjen fikricha, suverenitet masalasi bo‘yicha navbatdagi referendum Buyuk Britaniyaning Yevroittifoqdan chiqishi sababli muvaffaqiyatli o‘tishi mumkin.

Muhokamalar 22-mart kuni ham davom etadi va deputatlar ovoz berishi bilan yakunlanadi.

Leyboristlar, liberal-demokratlar va konservatorlar qarshi chiqmoqda, ammo tashabbus tarafdorlari — Shotlandiya milliy partiyasi va “yashillar” parlamentda ko‘pchilik o‘ringa ega.

Rasmiy London qarorni keyinga qoldirishni tavsiya qildi. Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Brexit haqidagi muzokaralar yakunlanmagunicha, referendumni o‘tkazish kerak emas, deb hisoblaydi.

Опубликовано: admin (22-03-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 8) ( 0) ( 7) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют