» » Rossiya Mudofaa vazirligi Afg‘onistondagi urush paytidagi hujjatlarni taqdim qildi

Rossiya Mudofaa vazirligi Afg‘onistondagi urush paytidagi hujjatlarni taqdim qildi


Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi Sovet qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqilishining 30-yilligi munosabati bilan urush davrining noyob maxfiy hujjatlarini e’lon qildi, deya xabar beradi “AiF.ru”.

Ular veb-saytning axborot va tarix bo‘limiga joylangan.

Ta’kidlanishicha, hujjatlar Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi Markaziy arxivi tomonidan taqdim etilgan.

Yangi hujjatli loyiha harbiy qismlarning dastlabki kunlardanoq Afg‘onistonda xalqaro majburiyatlarni bajarishga tushgani hamda ularning qahramonliklari haqida hikoya qiladi.

Bo‘limda harbiylar va bo‘linmalarga berilgan mukofotlar va faxriy unvonlar ro‘yxati hamda sovet harbiylarining Afg‘onistonning tinch aholisi bilan o‘zaro kechgan munosabatlari aks etgan.

Ta’kidlanishicha, arxiv hujjatlarining nashr etilishi respublikada sovet qo‘shinlari tomonidan olib borilayotgan maqsad va vazifalarni aniqlab, tarixni noto‘g‘ri talqin etilishga yo‘l qo‘ymasligi kerak.

Afg‘onistondagi Sovet qo‘shinlari ishtirokidagi urush 1979—1989-yillarda 10 yil davom etgan. Respublikada 15 mingga yaqin sovet askari halok bo‘lgan.

Afg‘onistondan cheklangan qo‘shinlarni olib chiqish sanasi 15-fevralda nishonlanadi. 1989-yilning shu sanasida Sovet Ittifoqi qo‘shinlarni mamlakatdan olib chiqib, urush tugaganligini e’lon qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-02-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют