» » O‘zbekiston vakillari Parijdagi qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasida ishtirok etishga taklif qilindi

O‘zbekiston vakillari Parijdagi qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasida ishtirok etishga taklif qilindi


Qishloq xo‘jaligi vazirligida Fransiya elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Uchrashuvda Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev hamda Fransiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Violen de Vilmor ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, shuningdek, O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikni faollashtirish istiqbollarini muhokama qiliщdi.

Xususan, O‘zbekiston tomoni ikki mamlakat qishloq xo‘jaligi vazirliklari o‘rtasida agrosanoat kompleksini rivojlantirishda hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tuzishni taklif qildi.

Fransiya tomoni O‘zbekiston vakillarini Parijda bo‘lib o‘tadigan qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasida ishtirok etishga taklif qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-02-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют