» » Buxoroda 25 ming dollar evaziga Tibbiyot institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar to‘rt yarim yilga ozodlikdan mahrum etildi

Buxoroda 25 ming dollar evaziga Tibbiyot institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar to‘rt yarim yilga ozodlikdan mahrum etildi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Romitan tuman sudining ochiq sud majlisida sudlanuvchi I.Shamamatovga nisbatan jinoyat ishi ko‘rilib, unga nisbatan tegishli jazo tayinlandi, deya xabar beradi tuman sudi matbuot xizmati.

Ish holatiga ko‘ra sudlanuvchi I.Shamamatov 2012-yil 13-yanvardan 2018-yil 18-avgustga qadar Xalq banki Kogon filialida Axborot texnologiyalari va axborotni muhofaza qilish sho‘basi bosh mutaxassisi vazifasida ishlagan.

Tekin boylik orttirish maqsadida 2018-yil iyul oyida Kogon shahri Bobur shoh ko‘chasi 10-uy, 5-xonada yashovchi fuqaro — Madina taxallusli, aslida Nozima Julakova bilan tanishgan. Suhbat jarayonida uning tanishi O‘.Jamolovning Buxoro davlat tibbiyot institutiga o‘qishga kirish maqsadida hujjat tayyorlab yurganini eshitgan.

Fuqaro I.Shamamatov N.Julakovaga Buxoro davlat tibbiyot institutida yuqori lavozimlarda tanishlari borligini, ular orqali O‘.Jamolovni oliy o‘quv ta’lim muassasasiga o‘qishga kiritib qo‘yishini aytgan.

Shundan so‘ng, I.Shamamatov 2018-yil 31-iyul kuni fuqaro O‘.Jamolov bilan Buxoro shahrida uchrashib, kelishuvga ko‘ra uni o‘zining yaqin aloqalari orqali test sinovlarida yuqori bilimga ega bo‘lgan soxta abituriyentlar, ya’ni “paravoz”lar yordamidan foydalangan holda tibbiyot institutiga o‘qishga kirishiga ko‘maklashish evaziga jami qiymati 194 797 000 so‘mga teng 25 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtida jinoyat ustida ushlangan.

Sud majlisida sudlanuvchi tomonidan sodir qilingan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi, uning shaxsi, aybiga to‘liq iqrorligi, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymondaligi, ijtimoiy ahvoli va oilaviy sharoiti, bir nafar farzandi borligi, aybini tushunib yetganligi, jinoyat sodir etish paytidagi va sodir etilganidan keyingi xulq-atvori hamda jazoni yengillashtiruvchi boshqa holatlarni inobatga olib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan 4 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-02-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют