» » Moskvada o‘n nafar o‘zbekistonlik ishtirokida mushtlashuv bo‘lib o‘tdi, 2 kishi halok bo‘ldi

Moskvada o‘n nafar o‘zbekistonlik ishtirokida mushtlashuv bo‘lib o‘tdi, 2 kishi halok bo‘ldi


Moskva janubi-sharqida o‘n kishi ishtirokida mushtlashuv bo‘lib o‘tdi, unda ikki kishi halok bo‘ldi, deb yozadi “TASS” huquq-tartibot organlariga tayanib.

“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mushtlashuv ishtirokchilari soni 10 kishi bo‘lgan, ularning barchasi o‘zbekistonliklar”, — dedi manba. Uning so‘zlariga ko‘ra, janjalga ishtirokchilardan biri boshqasining ukasini haqoratlagani sababchi bo‘lgan.

Mushtlashuv oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, bir kishi jabrlandi.

Tergov qo‘mitasi vakili ma’lum qilishicha, janjal 17-fevral kuni Volgograd ko‘chasidagi bino yaqinida yuz bergan. Erkaklardan biri voqea joyida tez yordam yetib kelgunicha vafot etgan, ikkinchisi esa — kasalxonada. Uning so‘zlariga ko‘ra, mushtlashuv maishiy sabab asosida, avvalroq avtomoyka majmuasi ishchilari o‘rtasida yuzaga kelgan nizo tufayli kelib chiqqan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-02-2019, 17:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют