» » Britaniyada zaharlangan Rossiya sobiq josusi Sergey Skripalning ahvoli yomonlashdi

Britaniyada zaharlangan Rossiya sobiq josusi Sergey Skripalning ahvoli yomonlashdi


Novichok asab-falajlik moddasi bilan zaharlangan Rossiyaning sobiq josusi Sergey Skripalning ahvoli yomonlashdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

The Sunday Times ma’lumotlariga ko‘ra, 67 yoshli Sergey Skripal shifokorlar nazorati ostida yotibdi. Ularning xavfsirashicha, Skripal asab tizimini zararlovchi Novichokdan zaharlanganidan keyin to‘liq tiklanishi amri mahol.

Shifokorlar Novichokdan zaharlanish oqibatlarini prognoz qila olmayapti, chunki zahar uzoq muddatli istiqbolda yetkazishi mumkin bo‘lgan ta’sirlar haqida deyarli hech narsa ma’lum emas.

Eslatib o‘tamiz Rossiya sobiq agenti Sergey Skripal va uning qizi Britaniyaning Solsberi shahrida 2018-yil 4-mart kuni zaharlangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-02-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют